Magistratura: C1, B2 va B1 darajasi talab etiladigan yo‘nalishlar

2024/2025 o‘quv yilida magistraturaga hujjat topshirish uchun qaysi yo‘nalishlarga qanday darajadagi xalqaro va milliy sertifikatlar talab etiladi? Batafsil ro‘yxat.

6
Magistratura: C1, B2 va B1 darajasi talab etiladigan yo‘nalishlar

Magistraturaga kirishda til sertifikatlari talablari

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichiga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Abituriyentlar o‘z tanlagan mutaxassisliklariga qarab C1, B2 yoki B1 darajasidagi sertifikatlarga ega bo‘lishlari lozim.

Siz o‘zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida tekshirib olishingiz mumkin. Shuningdek, sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun milliy sertifikat sanalari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

C1 darajasi talab etiladigan yo‘nalishlar

  • Lingvistika
  • Mumtoz filologiya
  • Adabiyotshunoslik
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik

B2 darajasi talab etiladigan yo‘nalishlar

  • Jurnalistika
  • Televideniye va radioeshittirish
  • Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar
  • Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik
  • Kutubxona axborot faoliyati
  • Iqtisodiy nazariya, Iqtisodiyot, Makroiqtisodiyot
  • Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari va tizimlari
  • Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish
  • Bioiqtisodiyot, Ekonometrika, Mintaqaviy iqtisodiyot
  • Iqtisodiy xavfsizlik, Raqamli iqtisodiyot
  • Buxgalteriya hisobi, Audit, Soliqlar va soliqqa tortish
  • Bojxona ishi, Moliya, Korporativ moliya
  • Investitsiyalarni boshqarish, Sug‘urta ishi
  • Davlat moliyaviy nazorati va auditi
  • Bank ishi, Statistika, Biznes-tahlil
  • Menejment, Loyiha boshqaruvi, PR menejment
  • Korporativ boshqaruv, MBA dasturlari
  • Inson resurslarini boshqarish, Jahon iqtisodiyoti
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat, Marketing, Lizing
  • Strategik marketing, Savdo ishi, Elektron tijorat
  • Mamlakatshunoslik

B1 darajasi talab etiladigan yo‘nalishlar

  • Meteorologiya, Gidrometeorologiya
  • Iqlim o‘zgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash
  • Atrof-muhit muhofazasi, Ekologiya
  • Kimyo, Radiokimyo, Neft va gaz kimyosi
  • Geografiya, Geologiya, Geofizika
  • Gidrologiya, Gidrogeologiya, Gidravlika
  • Fizika, Yadro fizikasi, Elektronika
  • Mikroelektronika, Kosmos fizikasi va astrofizika
  • Tibbiyot fizikasi, Fotonika, Kvant texnologiyalari
  • Mexanika va matematik modellashtirish
  • Astronomiya, Seysmologiya va seysmometriya

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar