Magistratura qabuli: bo‘sh qolgan kvotalar taqdiri nima bo‘ladi?
Davlat OTM magistraturasiga 17,1 ming kvota ajratilgan bo‘lsa-da, atigi 6,3 ming nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi. Natijada 11 mingga yaqin o‘rin bo‘sh qolmoqda. Bu holat abituriyentlarda qishki qabul bo‘lish-bo‘lmasligi haqidagi savollarni yuzaga keltirmoqda.
Magistratura qabul natijalari
Joriy yilda magistratura uchun 20 mingdan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lsa, shulardan 9 074 nafarining hujjati talabga javob bermagani sababli rad etildi. Qolgan 10 980 nafar talabgor orasidan 6 393 nafari o‘qishga qabul qilindi:
- Davlat granti: 3 238 nafar;
- To‘lov-kontrakt: 3 155 nafar.
Ko‘plab abituriyentlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni izlashmoqda, biroq magistratura tanlovi asosan diplom bali va chet tili sertifikati asosida amalga oshiriladi.
Ikkinchi qabul bo‘lishi mumkinmi?
Vazirlik dastlab magistraturaga qabul bir o‘quv yilida bir marta bo‘lishini ma'lum qilgan edi. Biroq, kvotalarning katta qismi bo‘sh qolganini inobatga olsak, Davlat komissiyasi tomonidan ikkinchi qabulga ruxsat berilishi ehtimoli mavjud.
Eslatib o‘tamiz, magistraturaga kirish uchun milliy sertifikat sanalari va talablarini kuzatib borish muhim. Chet tili sertifikatisiz (B2 daraja, filologiya uchun C1) hujjat topshirish imkonsiz.
Hozircha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ikkinchi qabul bo‘yicha rasmiy qaror e’lon qilinmadi. Yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.