Kredit-modul tizimi: Kredit yig’olmagan talaba o’qishdan chetlatiladimi?

Kredit-modul tizimida kreditlarni to’liq o’zlashtirmagan talaba o’qishdan chetlatiladimi? Tizimning ishlash tartibi va qoidalari haqida batafsil ma’lumot.

7
Kredit-modul tizimi: Kredit yig’olmagan talaba o’qishdan chetlatiladimi?

Kredit-modul tizimi va talabalar uchun muhim qoidalar

Abituriyentlar va talabalar uchun foydali maʼlumot: taʼlimning kredit-modul tizimi mohiyati, universitet oʻquv jarayoni qanday tashkil etilganligi hamda kreditlarni oʻzlashtirish tartibi haqida bilishingiz kerak.

Oʻquv rejalariga muvofiq, talabadan bakalavriat bosqichining har bir oʻquv yilida 60 kredit, jami 4 yilda 240 kredit oʻzlashtirishi talab etiladi. Talabalar uchun ushbu tizimda nazorat yozma ishlari elektron shaklda topshiriladi.


Talaba kursdan kursga o‘tish imkonini bergan kreditlarni to‘plagan, ammo o‘quv yili uchun to‘planishi lozim bo‘lgan barcha kreditlarni yig‘a olmagan bo‘lsa, keyingi o‘quv yilida mustaqil ravishda yoki quyi kurslar bilan birgalikda o‘sha modulni o‘zlashtiradi.

Yevropa kredit tizimi (ECTS) qanday ishlaydi?

Toshkent davlat yuridik universiteti mamlakatimizda birinchilardan boʻlib Yevropa kredit tizimi (ECTS)ga oʻtdi. Ushbu tizim oʻquv jarayonining ochiq va shaffofligiga asoslanadi. Abituriyentlar uchun ushbu tizim kelajakda oʻzining mustaqil taʼlim yoʻnalishini belgilash imkonini beradi.

Kredit va baho oʻrtasidagi farq

Kredit talabaning maʼlum bir fanni oʻzlashtirganini bildiruvchi koʻrsatkichdir. Masalan, jinoyat huquqi moduliga 10 kredit ajratilgan boʻlsa, talaba fanni ijobiy oʻzlashtirsa, ballidan qatʼi nazar 10 kreditga ega boʻladi.

Kredit yig'olmagan talaba o'qishdan chetlatiladimi?

Eng ko'p beriladigan savol: agar talaba kreditni to'play olmasa, u o'qishdan chetlashtiriladimi? Javob oddiy: talaba talabalar safidan chetlashtirilmaydi. U faqat qarzdor boʻlgan fanlarini qayta oʻzlashtirishi hamda tegishli kreditlar miqdoridan kelib chiqib toʻlovlarni amalga oshirishi talab etiladi.

  • Har semestr va oʻquv yili yakuni natijalariga koʻra kreditlar hisoblanadi.
  • Kursda qolingan taqdirda faqat oʻzlashtirilmagan fanlar qayta oʻqiladi.
  • Nazorat ishlari elektron tizim (SRS) orqali shaffof baholanadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar