Kontrakt to‘lamagan talabani imtihondan chetlatish mumkinmi?
Ko‘plab talabalar kontrakt to‘lovi kechikishi sababli OTM ma’muriyati ularni oraliq yoki yakuniy nazoratlarga kiritmasligidan xavotirda. Aslida, kontrakt to‘lovini amalga oshirmaslik talabani imtihondan chetlatish uchun asos bo‘la olmaydi.
Talabalarning huquqlari va OTM majburiyatlari
Talabani oraliq yoki yakuniy imtihonga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmaslik yoki noqonuniy ravishda "NB" qo‘yish qat’iyan man etiladi. Agar talaba kontraktni umuman to‘lamagan bo‘lsa, OTM uni faqat belgilangan tartibda talabalar safidan chetlatishi mumkin, xolos. Talabalar uchun o‘z huquqlarini bilish muhim.
Kontrakt to‘lov muddatlari
Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma mablag‘larini o‘tkazish uchun quyidagi muddatlar belgilangan:
- Yangi qabul qilinganlar uchun: 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddat) – kamida 25 foizi.
- Yuqori kurs talabalari uchun: 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddat) – kamida 25 foizi.
- Bosqichma-bosqich to‘lovlar: 1-yanvargacha 50%, 1-aprelgacha 75% va 1-iyulgacha 100% miqdorida to‘lanishi lozim.
- Xorijiy fuqarolar uchun: OTM rahbariyati tomonidan alohida belgilanadi.
Ta’lim tizimidagi yangiliklar va abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlarni infoedu.uz sayti orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.