Kontrakt to‘loviga 16,5 mln so‘m yordam: Kimlar olishi mumkin?

Yoshlar daftarida turuvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning kontrakt pullarini qoplash tartibi va shartlari bilan tanishing.

1
Kontrakt to‘loviga 16,5 mln so‘m yordam: Kimlar olishi mumkin?

Kontrakt to‘lovlari uchun 16,5 mln so‘mgacha yordam: Kimlarga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli qarori asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarning kontrakt to‘lovlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Agar siz talabalar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo'lsangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Kimlar kontrakt to‘lovi uchun kompensatsiya olishi mumkin?

Quyidagi toifaga mansub talabalar yillik kontrakt xarajatlarining 50 foizigacha, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (16 500 000 so‘m)dan oshmagan miqdorda yordam olishlari mumkin:

  • "Temir daftar" va "Ayollar daftari"ga kiritilgan oilalar farzandlari;
  • Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oila farzandlari;
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yoki vasiylikka olinganlar;
  • Oila a'zolaridan biri yoki ikkisi I va II guruh nogironi bo‘lgan kam ta'minlangan oilalar;
  • Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talabalar.

Ushbu imtiyoz respublikadagi barcha davlat, nodavlat va xorijiy OTM filiallarining kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta'lim shaklida o‘qiydigan talabalarga tatbiq etiladi. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istagan abituriyentlar ham kelajakda ushbu imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Qaysi hollarda to‘lov qoplab berilmaydi?

Quyidagi holatlarda kontrakt xarajatlari qoplanmaydi:

  • Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik uchun;
  • Qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha;
  • Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yordam yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar