Ta’lim krediti foizi pasaytirildi: Yangi shartlar va stavkalar

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirgach, ta’lim krediti foizlari ham o‘zgardi. 2024-2025 o‘quv yili uchun kredit olish tartibi va yangiliklar bilan tanishing.

2
Ta’lim krediti foizi pasaytirildi: Yangi shartlar va stavkalar

Ta’lim krediti foizi pasaytirildi: Asosiy o‘zgarishlar

Abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik: Markaziy bank 25-iyul kuni asosiy stavkani yillik 0,5 foiz bandga pasaytirib, 13,5 foiz etib belgiladi. Bu qaror ta’lim kreditlari foiz stavkasiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar uchun qulay shartlar saqlanib qolmoqda: kredit yigitlar uchun yillik 13,5% (asosiy stavka miqdorida), qizlar uchun esa foizsiz (0%) ajratiladi.

Ta’lim kreditini olish tartibi

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida o‘qiyotgan talabalarga ajratiladi. Krediti olish uchun talabalar uchun ma’lumotlar HEMIS va kontrakt.edu.uz tizimlarida mavjud bo‘lishi shart.

Kredit miqdori qanday belgilanadi?

  • Birinchi bosqich talabalari uchun: to‘liq to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
  • Yuqori kurslar uchun: fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lsa, kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida (ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bundan mustasno).

Arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar