Milliy sertifikat imtihonlari 2025: Ro’yxatdan o’tish

2025-yil aprel oyida milliy sertifikat imtihonlariga ro’yxatdan o’tish boshlandi. Kimyo, fizika, tarix va boshqa fanlardan test sanalari va tartibi bilan tanishing.

29
Milliy sertifikat imtihonlari 2025: Ro’yxatdan o’tish

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2025-yil 14-apreldan boshlab fanlardan milliy sertifikat test sinovi uchun ro‘yxatga olish jarayonlari rasman boshlandi. Abituriyentlar uchun bu imkoniyat milliy sertifikat sanalari doirasida o'tkazilmoqda.

Qaysi fanlardan imtihon topshirish mumkin?

Test sinovlari quyidagi fanlardan tashkil etiladi: Kimyo, Fizika, Tarix, Biologiya, Matematika va Geografiya.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

  • Platforma: my.gov.uz
  • Boshlanishi: 14-aprel
  • Yakunlanadi: 20-aprel, soat 23:59
  • To‘lov muddati: 21-aprel — to‘lovni amalga oshirishning oxirgi kuni

Test sinovi sanalari

Imtihonlar 3–4-may va 24–25-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sana, joy va vaqt talabgorning shaxsiy kabinetidagi ruxsatnoma orqali ma'lum qilinadi.

Nima uchun milliy sertifikat muhim?

Milliy sertifikat natijalari ko‘plab oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlarga imtihondan ozod etish yoki maksimal ball olish imkonini beradi. Oliy o'quv yurtlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o'tishingiz mumkin.

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan bo'lib, o'z vaqtida ro'yxatdan o'tishingiz tavsiya etiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar