Keystone Scholarships: 22 000 AQSH dollari grant yutib oling

Keystone Academic Solutions 2021-2022 o’quv yili uchun xalqaro talabalarga 22 000 AQSH dollari miqdoridagi grant dasturini e’lon qildi. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

2
Keystone Scholarships: 22 000 AQSH dollari grant yutib oling

Keystone Scholarships: Xalqaro talabalar uchun 22 000 dollarlik grant

Xorijda bakalavr yoki magistratura bosqichida o'qishni rejalashtirgan talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! Keystone Academic Solutions kompaniyasi 2021-2022 o‘quv yili uchun umumiy qiymati 22 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan grant dasturini taqdim etmoqda.

Grant dasturining afzalliklari

Ushbu dastur doirasida 6 nafar g‘olib aniqlanadi va grant mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet hisob raqamiga o‘tkazib beriladi:

  • 4 nafar bakalavr talabasi uchun har biriga 2000 AQSh dollari;
  • 2 nafar magistrant uchun 10 000 va 4000 AQSh dollari miqdorida stipendiyalar ajratiladi.

Kimlar ishtirok eta oladi?

Grant dasturida 18 yoshdan oshgan, xorijiy oliygohlarda bakalavriat yoki magistratura bosqichida kunduzgi (full-time) shaklda o‘qishni niyat qilgan xalqaro talabalar ishtirok etishlari mumkin. Talabalar uchun bu o‘qish xarajatlarini qoplashda katta yordam bo‘ladi.

Ariza topshirish tartibi

  1. Keystone Academic Solutions veb-saytidagi StudentHub portalida ro‘yxatdan o‘ting va onlayn ariza shaklini to‘ldiring.
  2. Portal tavsiya etgan universitetlardan kamida bittasiga hujjatlaringizni yuboring.
  3. 31-may sanasigacha stipendiya uchun ariza topshiring.
  4. Universitetdan kelgan qabul xatini (admission letter) Keystone kompaniyasiga taqdim eting.

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy saytga o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar