Janubiy Koreyada magistratura va doktorantura: GIST grantlari

Janubiy Koreyaning GIST universitetida magistratura va doktorantura bosqichida bepul o’qish imkoniyati. Grant dasturi, stipendiyalar va hujjat topshirish tartibi.

6
Janubiy Koreyada magistratura va doktorantura: GIST grantlari

GIST Scholarship: Janubiy Koreyada bepul ta'lim

Janubiy Koreyaning Gvanju fan va texnologiya instituti (GIST) xalqaro talabalar uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturini e’lon qildi. Bu IT va STEM yo‘nalishlarida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Dasturning afzalliklari

GIST grant dasturi talabalarga quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

  • O‘qish kontrakt to‘lovi 100% qoplanadi;
  • Magistrlarga 140.000 KRW, PhD talabalariga 295.000 KRW va xalqaro talabalar uchun 120.000 KRW miqdorida oylik stipendiya;
  • Tadqiqot uchun har yili magistrlarga 4.785.000 KRW, PhD talabalariga 12.263.000 KRW ajratiladi;
  • 60% tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi va yillik bepul tibbiy ko‘rik;
  • Bir tomonlama (Koreyaga borish) aviachipta xarajatlari qoplanadi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Dasturga kirish uchun nomzodlar talabalar uchun belgilangan tartibda quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  1. Diplom va baholar ilovasi nusxasi (notarial tasdiqlangan);
  2. 2 ta tavsiyanoma xati;
  3. Pasport nusxasi;
  4. Til sertifikati (IELTS 6.5, TOEFL 80, TOEIC 750 yoki New TEPS 327).

Batafsil ma’lumot va onlayn ariza topshirish uchun rasmiy havolaga o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar