Imtiyozli ta’lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin?
O'zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun imtiyozli kredit olishni rejalashtirgan talabalar uchun ayni vaqtda qulay imkoniyatlar mavjud. Ta’lim krediti axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) orqali kreditni rasmiylashtirish jarayoni soddalashtirilgan.
Ta'lim krediti shartlari va foiz stavkalari
Davlat tomonidan taqdim etilayotgan ta'lim kreditlari quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
- Miqdori: Shartnoma asosida belgilanadi;
- Muddati: O‘qish davri + 7.5 yil;
- Foiz stavkasi: 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%).
Kredit miqdori birinchi kurs talabalari uchun to‘lov-shartnoma summasini to‘liq qoplab bersa, yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi. Agar siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot izlayotgan bo'lsangiz, tegishli sahifamiz bilan tanishing.
Kredit beruvchi banklar va call-markazlar
Quyidagi banklar orqali ta'lim kreditini olishingiz mumkin. Qo'shimcha ma'lumot uchun banklarning call-markazlariga murojaat qiling:
- SQB bank – 1180
- Hamkorbank – 1256
- Agrobank – 1216
- O‘zmilliybank – 1344
- Xalq banki – 1106
- BRB bank – 1254
- OFB bank – 4004
Talabalik davri va o'qish jarayoni bilan bog'liq boshqa foydali ma'lumotlarni talabalar uchun bo'limimizdan topishingiz mumkin. Ushbu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.