Talabalar ijara pulini qanday qoplash mumkin? (2024)

Ijarada yashovchi davlat OTM talabalariga davlat tomonidan ijara to’lovini qoplash tartibi va mezonlari haqida to’liq ma’lumot.

6
Talabalar ijara pulini qanday qoplash mumkin? (2024)

Talabalar uchun ijara to'lovini qoplash tartibi qanday?

Ko'plab talabalarni ijara to'lovi qoplab berilishi masalasi qiziqtiradi. Qonunchilikka ko'ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan ota-onasiga tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashovchi davlat OTM talabalarining 60 foiziga ijara haqi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Ijara to'lovi qoplanishi bo'yicha asosiy mezonlar

Agar siz talabalar uchun ajratilgan ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, quyidagi qoidalarni bilishingiz lozim:

  • To'lov miqdori: Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (340 ming so'm), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravarigacha (170 ming so'm).
  • Kimlarga beriladi: Birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlari, o'rnak ko'rsatgan va faol talabalar uchun.
  • Qo'shimcha imkoniyat: OTMlar o'z byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan boshqa talabalarga ham ijara uchun qisman yordam ko'rsatishi mumkin.

Oliy ta'lim muassasalariga kirish va o'qish jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlarni oliygohlar kirish ballari sahifasidan olishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar