Huawei NEXT IMAGE tanlovi: Ijodkorlar uchun ajoyib imkoniyat
2017-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Huawei Next Image xalqaro foto va video tanlovi bu yil ham o‘z ishtirokchilarini kutmoqda. Agar siz suratga olishga qiziqsangiz, abituriyentlar uchun ham, talabalar uchun ham bu ajoyib imkoniyatdir.
Tanlov yo‘nalishlari
Bu yilgi tanlov 10 ta asosiy yo‘nalishda o‘tkaziladi:
- PORTRAIT: Odamlar va portretlar.
- MONOCHROME: Oq-qora rangli suratlar.
- COLOUR: Rangli suratlar.
- SNAPSHOT: Esda qolarli xotiralar.
- NIGHT: Tungi suratlar.
- TELEPHOTO: Telefonda olingan manzara va vaziyatlar.
- SUPER WIDE ANGLE: Keng qamrovli manzaralar.
- SUPER MACRO: Makro suratga olish.
- STORY CREATOR: 15 daqiqagacha bo‘lgan video hikoyalar.
- STORYTELLER: 3 tadan 9 tagacha fotosuratlar to‘plami.
Mukofot jamg‘armasi
Tanlov g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- Grand prize: 3 nafar g‘olibga $10,000;
- Best-in-Category: 27 nafar g‘olibga $1,000;
- Runner-up: 30 nafar g‘olibga Huawei Watch 3;
- Student Focus Award: 10 nafar talabaga $1,000.
Barcha g‘oliblarga elektron sertifikatlar taqdim etiladi.
Qanday qatnashish kerak?
Tanlovda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz hamda tanlov shartlari bilan rasmiy saytda batafsil tanishib chiqishingiz so‘raladi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.