Talaba qizlar uchun kontrakt to‘lovlarini qoplash tartibi
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan muhim imtiyozlar joriy etilgan. Har yili har bir viloyat bo‘yicha 150 nafar talaba qizning kontrakt pullari hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi.
Kontrakt kimlarga to‘lab beriladi?
Ushbu dastur doirasida ajratilgan kvotalar quyidagicha taqsimlanadi: 40 tasi 1-kurs talabalari uchun, 100 tasi esa 2- va undan yuqori kurslarda o‘qiyotgan talabalar uchun. Bu boradagi ma'lumotlarni talabalar uchun foydali resurslarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Imtiyozga ega bo‘lish uchun toifalar
Kontrakt to‘lovi quyidagi toifadagi xotin-qizlar uchun qoplanishi mumkin:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalardagi xotin-qizlar;
- Yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar;
- Boquvchisini yo‘qotgan va voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Istisnolar va cheklovlar
Diqqat: Quyidagi hollarda kontrakt to‘lab berilmaydi:
- Ikkinchi mutaxassislikda o‘qiyotganlar;
- O‘zbekistondagi xorijiy va xususiy OTMlarda tahsil olayotganlar.
Oliy ta'lim muassasalariga kirish istagida bo‘lganlar esa oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.