Kam ta’minlangan oilalar farzandlari ta’limi qanday qoplanadi?

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining maktablardagi uzaytirilgan guruh to’lovlari qanday qoplanadi? Kimlar yordam oladi va tartib qanday?

5
Kam ta’minlangan oilalar farzandlari ta’limi qanday qoplanadi?

Kam ta’minlangan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash tartibi

Hukumat qarori bilan kam ta’minlangan oilalar farzandlarining umumta’lim muassasalaridagi kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu yangilik abituriyentlar uchun va maktab o‘quvchilari uchun muhim ahamiyatga ega.

To‘lovlar kim tomonidan qoplanadi?

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb topilgan oilalar farzandlarining kuni uzaytirilgan guruhlar uchun to‘lovlari quyidagi jamg‘armalar tomonidan qoplab beriladi:

  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
  • “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi.

Rasmiylashtirish jarayoni va muddatlar

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari har yili 1-avgustgacha ehtiyojmand oilalarni aniqlaydi va 10-avgustgacha tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda xalq deputatlari kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Shartnomalar bir o‘quv yili uchun tuziladi.

To‘lov har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizigacha (61 250 so‘mgacha) miqdorda qoplab beriladi. Agar siz maktab darsliklarini yuklab olish yoki ta’limdagi boshqa yangiliklar bilan qiziqsangiz, infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar