Talaba onalar uchun bir martalik nafaqa miqdori qancha?
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun davlat tomonidan ijtimoiy yordam choralari belgilangan. Agar talaba farzandli bo‘lsa, unga qonunchilikda belgilangan tartibda bir martalik nafaqa puli to‘lab beriladi.
Nafaqani olish tartibi va shartlari
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida, shuningdek, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa o‘qish joyidan to‘lanadi.
Hozirgi kunda ushbu nafaqa miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 baravarini, ya’ni 660.000 so‘mni tashkil etadi.
Nafaqani olish uchun qanday hujjatlar kerak?
To‘lovni amalga oshirish uchun talaba bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy ichida OTM rahbariyatiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
- OTM rektori nomiga ariza;
- Pasport nusxasi;
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
OTM ma’muriyati ariza qabul qilingandan so‘ng 10 kun ichida nafaqa pulini to‘lab berishi shart. Agar bolaning onasi ishlamaydigan yoki o‘qimaydigan bo‘lsa, nafaqa ishlaydigan yoki o‘qiydigan otaga to‘lanadi.
Ta’lim sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘limimizni kuzatib boring. Shuningdek, abituriyentlar uchun kerakli ma’lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.