O'qishni ko'chirish va abituriyentlik: Bir vaqtda hujjat topshirish mumkinmi?
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e'lon qilindi. Endilikda o'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent sifatida ham hujjat topshirishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi
Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
- Abituriyent sifatida: 15-iyun va 15-iyul oralig'ida abituriyentlar uchun mo'ljallangan my.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak. Bunda diplom yoki attestat raqamini kiritish kifoya. Agar hujjatlaringiz oliygohda bo'lsa, tizimga taxminiy raqam kiritsangiz ham bo'ladi.
- O'qishni ko'chirish (perevod): 15-iyuldan boshlanadigan qabul jarayonida tegishli sayt orqali transkript yuklagan holda hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.
Muhim ma'lumotlar
Siz kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni oldindan o'rganib chiqishingiz tavsiya etiladi. Abituriyentlik va "perevod" uchun test sinovlari bir vaqtda o'tkazilmasligi sababli, har ikkala jarayonda ham ishtirok etish imkoniga egasiz. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tganingizdan so'ng, o'zingizga mos kelganini tanlab olish huquqiga egasiz.
Bir vaqtning o'zida ikki xil jarayonga hujjat topshirish taqiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.