Singapur onlayn kursi: Global sog’liqni saqlash va qonunchilik

Singapur hamkorlik dasturi (SCP) doirasidagi ‘Global sog’liqni saqlash va qonunchilik’ onlayn kursida qatnashing. Ro’yxatdan o’tish shartlari va batafsil ma’lumot.

5
Singapur onlayn kursi: Global sog’liqni saqlash va qonunchilik

Global sog'liqni saqlash bo'yicha Singapur onlayn kursi

Singapur Respublikasi “Global miqyosdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik va boshqaruv” (Global health law and governance) mavzusida qisqa muddatli onlayn o‘quv kursiga taklif etadi. Ushbu dastur sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kurs dasturi va yo'nalishlari

Ushbu kurs vaksinatsiyalash jarayonida qoidalarning ahamiyatiga e’tibor qaratadi hamda global sog‘liqni saqlash qonunchiligi orqali dolzarb muammolarni hal etish yo'llarini o'rgatadi. Kurs quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:

  • Yuqumli kasalliklar hamda pandemiyani boshqarish;
  • Dorilar bilan ishlash hamda vaksinatsiyalash jarayoni;
  • Xalqaro savdo, investitsiya va sog‘liqni saqlash;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi.

Dastur tafsilotlari va ishtirok etish

Kurs 4-8 oktabr kunlari, har kuni 4 soatdan (Singapur vaqti bilan 13:30-17:30) onlayn tarzda o'tkaziladi. Ishtirokchilar sertifikat olishlari uchun darslarning kamida 66% qismida qatnashishlari lozim. Talabalar uchun va soha mutaxassislari uchun bu muhim xalqaro tajriba hisoblanadi.

Hujjatlar va ro'yxatdan o'tish

Nomzodlar 6-sentabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. Kerakli hujjatlar: pasport nusxasi (150 KB dan oshmasligi kerak), CV va rahbar/o'qituvchi elektron pochtasi. Barcha maqolalar bo'limimizda ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar