TOEFL imtihoniga bepul tayyorlanish imkoniyati
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik! Educational Testing Service (ETS) tashkiloti edx.org onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda 6 haftalik bepul TOEFL kursini taqdim etmoqda.
TOEFL – dunyodagi eng ishonchli va keng tan olingan ingliz tili bilish darajasini aniqlovchi imtihondir. Dunyo bo‘ylab 10 000 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va tashkilotlar qabul jarayonida aynan ushbu sertifikat natijalariga tayanadi. Agar siz ham xorijda o‘qish yoki ishlashni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu kurs siz uchun ayni muddao.
Kurs nimalarni o‘z ichiga oladi?
Ushbu kurs interfaol bo‘lib, video materiallar, tushuntirishli test namunalari va qisqa viktorinalarni o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim, balki o‘tgan yillardagi haqiqiy test materiallari bilan ishlash tajribasiga ham ega bo‘lishadi.
Kurs davomida o‘rganiladigan asosiy ko‘nikmalar:
- TOEFL testining to‘rtta qismi: o‘qish, tinglash, gapirish va yozish bo‘yicha strategiyalar;
- Test jarayonida vaqtni samarali boshqarish usullari;
- Ingliz tili darajasini oshirish bo‘yicha amaliy maslahatlar;
- Talabalar uchun muhim bo'lgan stipendiyalar va viza jarayonlarida TOEFL natijalaridan foydalanish;
- Testga ro‘yxatdan o‘tish tartiblari.
Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish kerak?
Kursda ishtirok etish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- edx.org saytiga o‘tib, shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan ro‘yxatdan o‘ting;
- BU YERDAN bepul TOEFL kursiga yoziling.
Batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin. Manba: infoedu.uz.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.