Germaniyada o‘qish uchun Eynshteyn stipendiyasi
Germaniyada o‘z tadqiqotlaringizni davom ettirish va xalqaro tajriba orttirishni istaysizmi? Albert Eynshteyn jamg‘armasi yosh izlanuvchilar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda.
Stipendiya dasturi haqida
Ushbu grant o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lgan, ammo boshqa fan yo‘nalishlarida ham izlanish olib borishni istagan yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Nomzodlar Brandenburg shahridagi Eynshteyn dalahovlisida yashab, o‘z loyihalari ustida ishlashlari mumkin.
- Davomiyligi: 5-6 oy
- Grant miqdori: 10 000 yevro + turar joy va parvoz xarajatlari
- Til: Ingliz yoki nemis tili
Talablar va hujjatlar
Stipendiyaga ariza topshirish uchun quyidagi talablar mavjud:
- Yosh chegarasi: 35 yoshgacha;
- Gumanitar, ijtimoiy yoki tabiiy fanlar bo‘yicha diplom;
- CV, loyiha uchun referat va 2 ta tavsifnoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida qabul qilinadi. Agar siz abituriyentlar uchun yoki talabalar uchun foydali ma’lumotlarni izlayotgan bo‘lsangiz, bizning saytimizdagi yangiliklarni kuzatib boring.
Tugash muddati: 15-may.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.