RWTH Aachen universiteti: Magistratura uchun 50% gacha grant
Germaniyaning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lgan RWTH Aachen universiteti xalqaro talabalar uchun High Potential Students Grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega talabalarga o‘quv to‘lovining 50% gacha qismini qoplab beradi.

Grant dasturi haqida
RWTH Aachen universiteti QS Global World Rankings reytingida #145-o‘rinda turadi. Grant dasturi muayyan magistratura yo‘nalishlarida tahsil olmoqchi bo‘lgan iqtidorli yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Agar siz xorijda ta’lim olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, talabalar uchun foydali ma’lumotlarni kuzatib boring.
Kimlar ariza bera oladi?
Grant barcha davlatlardan kelgan xalqaro talabalar uchun ochiq. Biroq, nomzodlar quyidagi magistratura dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi shart:
- MSc. Computer-Aided Conception and Production in Mechanical Engineering;
- MSc. Management and Engineering in Computer-Aided Mechanical Engineering;
- MSc. Management and Engineering in Structural Engineering and Risk Management of Industrial Facilities;
- MSc. Management and Engineering in Production Systems;
- MSc. Networked Production Engineering;
- MSc. Robotic Systems Engineering;
- MSc. Textile Engineering.
Hujjat topshirish va talablar
Grantga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- RWTH online portali orqali to‘ldirilgan magistratura arizasi;
- Bakalavr diplomi (yuqori baholar bilan);
- Top 10% talabalar qatorida ekanligini tasdiqlovchi sertifikat yoki 1,7 va undan yuqori GPA (Germaniya tizimida);
- 500 so‘zdan iborat motivatsiya xati.
Eslatma: Grant olish uchun ariza berish vaqtida nomzod boshqa hech qanday stipendiya dasturlarida ishtirok etmasligi kerak. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumot olish uchun saytimizdagi boshqa bo‘limlarni ham ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Til talablari
Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etishi kerak (IELTS 5.5, TOEFL iBT 90 yoki ekvivalent).
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun: Rasmiy sayt.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.