Bosniya va Gersegovinada magistratura: ERMA dasturi

Global Campus South East Europe inson huquqlari va demokratiya yo‘nalishida magistratura dasturiga qabul e’lon qildi. Grantlar va talablar bilan tanishing.

4
Bosniya va Gersegovinada magistratura: ERMA dasturi

European Regional Master’s Programme (ERMA) magistratura dasturi

"Global Campus South East Europe" xalqaro talabalarni Janubi-Sharqiy Yevropada Inson huquqlari va demokratiya yo‘nalishida magistratura bosqichida o‘qishga taklif etadi. Ushbu dastur Saraevo universiteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, xalqaro standartlar asosida 11 dan ortiq nufuzli universitetlar hamkorligida amalga oshiriladi.

Hamkor universitetlar

Dastur doirasida Boloniya, Saraevo, Banja Luka, Belgrad, Grats, Rur, Peloponnes, Zagreb, Yangi Bolgariya, Kirill va Mefodiy hamda Prishtina universitetlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatilgan. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib borish kelajakdagi ta'lim rejalaringiz uchun foydali bo'lishi mumkin.

Nomzodlar uchun talablar

Dasturga jami 36 nafar talaba qabul qilinadi va ular 3 guruhga bo‘linadi:

  • Target Group I (25 o‘rin): Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya va Kosovo fuqarolari.
  • Target Group II (5 o‘rin): Yevroittifoq a’zolari, Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon fuqarolari.
  • Target Group III (5 o‘rin): Boshqa xalqaro talabalar.

Nomzodlar kamida 240 ECTS kreditiga ega 4 yoki 5 yillik bakalavr diplomiga ega bo‘lishi shart. Shuningdek, ingliz tilini bilish darajasi (IELTS 6.5 yoki TOEFL 83 IBT) talab etiladi. Talabalar uchun xalqaro imkoniyatlar haqidagi yangiliklarni kuzatib boring.

Grantlar va moliyaviy shartlar

TGI va TGII guruhidagi talabalar uchun barcha yashash xarajatlari qoplanadi, shuningdek, sug‘urta va sayohat xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. TG III guruhidagi nomzodlar barcha xarajatlarni (taxminan 3150 yevro) o‘zlari qoplashlari kerak.

Hujjat topshirish jarayoni

Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Qabul shakli
  • Til sertifikati va universitet diplomi
  • Baholar daftarchasi hamda fuqarolik pasporti
  • Tug‘ilganlik haqida guvohnoma

Ro‘yxatdan o‘tish uchun ushbu havola orqali ariza topshiring. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar