Esse yozishda iboralar va klishelar — yozuvchining “til quroli”dir. Ular fikrni tartibga soladi, matnni silliqlaydi va o‘quvchiga qulay tarzda yetkazadi. Quyida esse yozishda eng ko‘p qo‘llaniladigan iboralarni bo‘limlarga ajratilgan holda keltiramiz.
Kirish qismi uchun iboralar
- “Bugungi kunda ... masalasi jamiyatimizda dolzarb bo‘lib turibdi.”
- “Hech kimga sir emaski, ... muammosi barcha insonlarni bevosita ta‘sir qiladi.”
- “Ko‘plab olimlar va mutaxassislar ... haqida turli qarashlarni bildiradilar.”
- “Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.”
- “Avvalo, ... masalasining ildizlariga nazar tashlaylik.”
Reklama
Birinchi tomon fikrlarini bayon qilish
- “Ayrimlar fikricha, ...”
- “Bir guruh mutaxassislarning ta‘kidlashicha, ...”
- “Shuni e‘tirof etish lozimki, ... ga qarshi fikrlar ham mavjud.”
- “Ba‘zi odamlar bu borada quyidagicha o‘ylashadi: ...”
- “Ularningcha, ... esa eng muhim yo‘ldir.”
Ikkinchi tomon fikrlarini ifodalash
- “Boshqa bir qarashga ko‘ra, ...”
- “Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.”
- “Aksincha, ayrimlar ... deya ta‘kidlaydilar.”
- “Mazkur masalani boshqacha izohlaydiganlar ham bor.”
- “Bu fikrga qo‘shilmaganlar esa ... ga urg‘u beradilar.”
Shaxsiy fikr, dalil va xulosa
- “Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: ...”
- “Masalan, ...” / “Statistik ma‘lumotlarga qaraganda, ...”
- “Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, ...”
- “Xullas, ... masalasi jamiyatimizda muhim o‘rin tutadi.”
Ammo bu iboralardan haddan tashqari ko‘p foydalanmaslik kerak, chunki esse sun’iy tuyulib qolishi mumkin. Muhimi — iboralar orqali yozuvchi o‘z fikrini ta‘sirchan va aniq ifodalashni bilishi lozim. Esse — bu shunchaki shablon emas, individual fikrlash mahsulidir.
Umumiy klishelar qatoriga “Hech kimga sir emaski...”, “Zamon talabidan kelib chiqib...”, “Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu...”, “Insoniyat taraqqiyoti yo‘lida...”, “Shuni alohida ta‘kidlash kerakki...”, “Ko‘plab tadqiqotlar isbotlaydiki...”, “Jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri bu...”, “Har bir inson uchun...” kabi iboralar kiradi. Ular matnni boyitadi va professional ko‘rinish beradi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.