Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2023/2024-o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul jarayonlari davom etmoqda.
Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
Magistraturaga tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishi mumkin:
- Vakolatli davlat organlarida kamida 3 yil xizmatni o‘tagan bo‘lish;
- “Yurisprudensiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlar (harbiy xizmatchilar).
Ta'lim shakli va imtihonlar
O‘qitish bepul asosda, 1 yil davomida amalga oshiriladi. Nomzodlar hujjatlarni 10-iyun kuniga qadar my.dtm.uz elektron platformasi orqali taqdim etishlari lozim.
Kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida uch bosqichda o‘tkaziladi:
- Test shaklidagi maxsus psixologik tanlov;
- Yozma imtihon (esse);
- Chet tilidan test sinovi.
Oliy ta’lim tizimidagi yangiliklarni kuzatib borish uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘limimizga tashrif buyuring. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
















