InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi

Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb xabar shu bo’ldi: Qisqacha mazmun:Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi.Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o’qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.Qaysi taʼlim shakliga beriladi? Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida […]

1
Endi foizsiz taʼlim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan xotin-qizlarga beriladi
Bugungi kunda ta'lim sohasidagi eng dolzarb xabar shu bo'ldi:

Qisqacha mazmun:
Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o'qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.
Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) bilan 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarorga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endilikda faqat kunduzgi ta’lim shaklida o'qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.

Kredit kimlarga beriladi?

  • O'zbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
  • O'rta maxsus va professional taʼlim muassasalari o'quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

  • Kunduzgi;

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

To'g'ri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to'lamaydi, davlat to'lab beradi.

To'lash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy o'tib) 7 yil davomida qaytariladi.

Qanday hujjatlar kerak?

  • bankka ariza;
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • taʼlim muassasasi bilan to'lov-kontrakt shartnomasi;
  • talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo'lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti bo'yicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.



Bu yangilik sizga qanday ta'sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar