Ta'lim sohasidagi so'nggi o'zgarishlar barcha talaba qizlar va abituriyentlar uchun muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli Farmoni bilan ta'lim kreditlari bo'yicha yangi tartib belgilandi.
Xotin-qizlar uchun taʼlim krediti: nimalar o‘zgardi?
Yangi qoidalarga ko'ra, imtiyozli foizsiz ta'lim krediti endilikda faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan xotin-qizlarga ajratiladi. Bu imkoniyatdan oliygohlar yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan barcha talaba qizlar foydalanishlari mumkin.
Kredit kimlarga beriladi?
- O'zbekistondagi barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, xususiy va xorijiy filiallar) talabalari;
- O'rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o'quvchilari.
Ta'lim shakli bo'yicha cheklov
Kredit faqat kunduzgi ta'lim uchun ajratiladi. Masofaviy, sirtqi yoki kechki ta'lim shaklida o'qiydiganlar uchun bu imtiyoz tatbiq etilmaydi. Talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.
Foizsiz kredit qanday ishlaydi?
Garchi banklar ta'lim kreditini 14 foizlik stavkada rasmiylashtirsa-da, bu foiz qismini talaba emas, balki davlat byudjeti to'lab beradi. Kreditni qaytarish muddati esa o'qish tugaganidan so'ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida amalga oshiriladi.
Kerakli hujjatlar ro'yxati
- Bankka ariza;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- Ta'lim muassasasi bilan tuzilgan to'lov-kontrakt shartnomasi;
- Birgalikda qarz oluvchi sifatida oila a'zolari yoki uchinchi shaxs kafilligi.
Eslatib o'tamiz, "Ijtimoiy himoya yagona reestri"ga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.