Diplom dublikatini my.gov.uz orqali onlayn olish tartibi

Diplomingiz yo’qoldimi yoki shikastlandimi? Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali uyga chiqargan holda onlayn olishingiz mumkin. To’liq yo’riqnoma bilan tanishing.

10
Diplom dublikatini my.gov.uz orqali onlayn olish tartibi

Diplom dublikatini my.gov.uz orqali qanday olish mumkin?

Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplomni yo‘qotib qo‘ygan yoki u shikastlangan bo‘lsa, endilikda tashvishlanishingizga hojat yo‘q. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali diplom dublikatini olish xizmati ishga tushirildi.

Onlayn xizmatning afzalliklari

Ushbu yangilik orqali siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • Vakolatli organlarga borish shart emas;
  • Ariza onlayn tarzda qisqa vaqtda topshiriladi;
  • Tayyor hujjat "O‘zbekiston pochtasi" kurerlik xizmati orqali belgilangan manzilingizga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, olingan dublikat asl nusxasi bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Foydali ma'lumotlar

Agar siz ta'lim jarayonlari bilan qiziqsangiz, talabalar uchun muhim yangiliklar va abituriyentlar uchun kerakli ma'lumotlarni bizning saytimizdan topishingiz mumkin.

Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar