Chevening Oxford Centre for Islamic Studies (OCIS) tadqiqot dasturi
Oksford Islomshunoslik markazi (OCIS) islom dunyosi, islom tarixi, klassik islom fanlari va islomiy moliya sohalarida tadqiqot olib borishni istagan yuqori salohiyatli nomzodlarni kutib qoladi. Bu 6 oylik dastur tadqiqotchilarga nufuzli mutaxassislar bilan ishlash va Buyuk Britaniyada ilmiy izlanishlar olib borish imkonini beradi.
Dasturning asosiy imtiyozlari
- Oksford Islom Markazida 6 oy davomida ilmiy tadqiqot olib borish;
- Yashash xarajatlari, aviachiptalar va tadqiqot bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qoplanadi;
- FCDO va Chevening kotibiyati tomonidan tashkil etiladigan eksklyuziv madaniy tadbirlarda ishtirok etish.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Dasturda qatnashish uchun quyidagi mezonlarga javob berishingiz kerak:
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
- Doktorlik darajasi yoki unga teng ilmiy darajaga ega bo‘lish;
- Kamida 5 yillik professional va/yoki ilmiy tadqiqot tajribasi;
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish;
- Yetakchilik salohiyati va dastur yakunida Vataniga qaytish majburiyati.
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib boring. Shuningdek, barcha maqolalar bo‘limidan o‘zingizni qiziqtirgan mavzularda qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.
Qanday ariza topshirish kerak?
Qo‘shimcha ma’lumot va ariza topshirish uchun rasmiy Chevening sahifasiga tashrif buyuring. Shuningdek, savollaringiz bo‘lsa, [email protected] yoki [email protected] manzillariga xabar yuborishingiz mumkin.












Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.