Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari to‘lovi: 170 ming so‘m
Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun muhim yangilik e'lon qilindi. O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) yarim baravari – 170 ming so‘m miqdorida to‘lov qilishlari shart.
Kimlar to‘lovdan ozod etiladi?
Barcha abituriyentlar ham ushbu to‘lovni amalga oshirmaydi. Quyidagi toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlari uchun to‘lovdan ozod etilgan:
- O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
- Bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar.
Muhim eslatmalar
Qabul jarayonlari 20-iyundan 20-iyulga qadar davom etadi. Abituriyentlarga tayyorgarlik jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqish hamda DTM standartidagi test tizimi yordamida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishni tavsiya etamiz.
Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.