Bali Democracy Students Conference: Indoneziyaga yo'llanma
Talabalar va abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! Indoneziyada bo'lib o'tadigan 5-Xalqaro Bali demokratiya talabalar konferensiyasida ishtirok etish uchun qabul boshlandi.
Konferensiya haqida umumiy ma'lumot
19-noyabr sanasida Indoneziyada gibrid shaklda (onlayn va oflayn) "Demokratiyada yoshlarning roli" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi. Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatidan yoshlarni jamlaydigan ushbu tadbir madaniyatlar almashinuvi hamda global muammolarga yechim topishni maqsad qilgan. Eng muhimi, tanlangan ishtirokchilarning barcha xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Nomzodlarga qo'yilgan talablar
- Demokratiya yoki tegishli yo'nalishlarda tahsil olayotgan bakalavriatura yoki magistratura talabasi bo'lish;
- 21-28 yosh oralig'ida bo'lish;
- Ingliz tilini mukammal bilish;
- Tashkilotchilik qobiliyati va ijtimoiy tarmoqlarda faollik.
Kerakli hujjatlar va topshirish tartibi
Konferensiyaga ro'yxatdan o'tish uchun ushbu ilovadagi barcha hujjatlarni to'plab, 30-oktabrga qadar ushbu manzilga yuborishingiz kerak:
- Universitet tomonidan berilgan 1 ta tavsiyanoma;
- Pasport nusxasi va talabalik guvohnomasi;
- 4x6 hajmdagi fotosurat;
- "Iqtisodiyotning barqaror tiklanishi va ijtimoiy integratsiya" mavzusida 600 so'zli ingliz tilidagi insho;
- Instagram tarmog'iga yuklangan, 1 daqiqadan oshmaydigan ingliz tilidagi video (#3BDSC2021 #BDF2021 heshteglari bilan).
Qo'shimcha ma'lumotlar va talabalar uchun boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.