Bakalavriatga qabul qilish tartibi o’zgardi: Asosiy yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’limga qabul qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha yangi islohotlar qabul qilindi. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

3
Bakalavriatga qabul qilish tartibi o’zgardi: Asosiy yangiliklar

Bakalavriatga qabul qilish tartibida jiddiy o‘zgarishlar

Ta'lim tizimida navbatdagi muhim islohotlar boshlanmoqda. Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘zgarishlar abituriyentlar uchun qabul jarayonlarini yanada shaffof va adolatli qilishni ko‘zlaydi. Yo‘nalishlar kesimidagi kirish ballari va yangi kvota tizimi haqidagi asosiy yangiliklar quyidagilardan iborat:

Davlat buyurtmasi va kvotalarni shakllantirishdagi yangiliklar

  • Davlat buyurtmasi parametrlarini oliygohlar kesimida taqsimlash bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlash tartibi joriy etiladi.
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga kvotalar qisqartirilib, ushbu o‘rinlar muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar sohalariga ustuvor ravishda yo‘naltiriladi.
  • 2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari bir yillik emas, balki 4 yillik prognoz asosida tasdiqlanadi.
  • Oliygohlar qabul parametrlarini o‘z moddiy-texnika bazasi va professor-o‘qituvchilar salohiyatidan kelib chiqib, grant va kontraktga ajratmagan holda mustaqil shakllantiradi.
  • Grant o‘rinlari respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra, abituriyentlarning tanloviga muvofiq taqsimlanadi.

Ta'lim sohasidagi boshqa dolzarb yangiliklarni kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar