IT sohasida o‘qish istagidagi yoshlar uchun ta’lim krediti
Hukumat qaroriga (79-son, 27.02.2023 y.) muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan nodavlat ta’lim tashkilotlarida IT yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishi belgilandi.

Kredit kimlarga va qanday shartlarda beriladi?
Ushbu imkoniyatdan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar foydalanishlari mumkin. Kredit shartlari quyidagicha:
- Kredit miqdori: BHMning 65 baravarigacha;
- Imtiyozli davr: 1 yil;
- Qaytarish muddati: 4 yilgacha.
Agar siz kelajakda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz yoki talabalar uchun foydali maslahatlarni kuzatib borsangiz, ta'limdagi yangiliklardan doimo xabardor bo'lasiz.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati
Kredit olish uchun tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- Ariza;
- IT-park rezidenti bo‘lgan ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma;
- Ta’lim krediti qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha hujjat (garov yoki kafillik);
- «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar uchun tegishli ma’lumotnoma (bu toifadagi yoshlar uchun garov va kafillik talab etilmaydi);
- Bank tomonidan talab qilinadigan qo‘shimcha hujjatlar.
Ushbu tartib yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi va IT sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.