Davlat grantlarini taqsimlashning yangi tartibi
O‘zbekiston ta’lim tizimida muhim o‘zgarish ro‘y berdi: joriy yildan boshlab davlat grantlari muayyan oliygohga emas, balki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga ajratilmoqda. Ushbu yangilik kirish ballari yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinishini taqozo etadi.
Yangi tizim qanday ishlaydi?
Yangi qoidaga ko‘ra, har bir yo‘nalish uchun umumiy grant kvotalari belgilanadi. Mazkur kvotalar barcha universitetlarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha imtihon topshirgan abituriyentlar orasidan eng yuqori ball to‘plaganlarga taqsimlanadi. Bu esa oliygohlar kirish ballari shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Amaliy misol
Tasavvur qiling, yurisprudensiya yo‘nalishi uchun jami 115 ta grant ajratildi. Bu kvota faqat bitta universitetga emas, balki yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga quyidagicha taqsimlanishi mumkin:
- TDYUda 50 ta grant
- O‘zMUda 25 ta grant
- QDUda 20 ta grant
Endilikda qaysidir oliygohda yuqori ball bilan kontraktga kirgan abituriyentning boshqa joyda past ball bilan grantga kirib ketish imkoniyati cheklanadi.
Grant kvotalariga qo‘yilgan cheklovlar
Adolatli taqsimotni ta’minlash maqsadida cheklovlar ham joriy etilgan. Masalan, agar 115 ta kvotaning asosiy qismi bitta oliygohga to‘g‘ri kelib qolsa, 50%lik limit qo‘llanilishi mumkin. Bu esa grantlarning bir joyda to‘planib qolishining oldini oladi va raqobatni kuchaytiradi.
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.