Ayollar daftari: Kontrakt to‘lovini qoplash tartibi

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlari uchun kontrakt to‘lovini qoplash tartibi haqida batafsil ma’lumot oling.

8
Ayollar daftari: Kontrakt to‘lovini qoplash tartibi

Ayollar daftari: Kontrakt to‘lovini qoplash tartibi

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun davlat tomonidan ko‘plab imtiyozlar taqdim etilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘lov-kontraktlarini qoplab berish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan.

Kimlar imtiyozdan foydalana oladi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi shaxslar bir marotaba BHMning 15 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorida kontrakt to‘lovini qoplab olishlari mumkin:

  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning o‘zlari;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning oliy ta’limda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlaridan bir nafari.

Ushbu imtiyoz ta’lim shaklidan qat’iy nazar (kunduzgi, sirtqi, kechki) barcha talabalarga tatbiq etiladi.

Foydali havolalar

Ta’lim jarayoni va talabalar uchun dolzarb yangiliklarni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar