Apellyatsiya arizalari qanday topshiriladi?
Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar uchun muhim yangilik. Endilikda yakuniy tanlov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida apellyatsiya shikoyati berish imkoniyati mavjud.
Onlayn murojaat qilish tartibi
Apellyatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyentning shaxsiy kabinetida onlayn tarzda qabul qilinadi. Bunda abituriyent test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan boʻlishi lozim.
Siz o'zingizni qiziqtirgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishishingiz yoki abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni o'qib borishingiz mumkin.
Apellyatsiya jarayoni haqida bilishingiz kerak bo'lganlar:
- Arizangiz qabul qilingach, uni koʻrib chiqish sanasi va vaqti koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
- Belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga tashrif buyurishingiz shart.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izoh qismida qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.