Adliya vazirligi tomonidan O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga bir qator muhim qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy hamda xalqaro darajadagi tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ushbu fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydilar. Ularga avtomatik tarzda maksimal ball beriladi.
Shuningdek, yakuniy attestatsiya sinovlarini 3 yil mobaynida topshirmagan o‘quvchilarga ham eksternat tartibida imtihon topshirish va davlat namunasidagi shahodatnoma olish imkoniyati yaratildi.
Imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar uchun apellyatsiya komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ular natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida shikoyat berish huquqiga ega. Apellyatsiya jarayonida o‘quvchilarning oldin olgan ballarini pasaytirishga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.