Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi davlat umumta'lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari davom etmoqda. 20-iyul holatiga ko'ra, 600 065 nafar bola qabul qilingan.
Shulardan 322 944 nafari onlayn tartibda, 277 121 nafari esa an'anaviy tartibda hujjat topshirgan. 2026-2027-o'quv yilida yurtimizdagi 135 ta tuman va shahardagi 5 690 ta maktabda qabul jarayonlari onlayn tarzda tashkil etilmoqda — bu umumiy maktablarning qariyb 60 foizini tashkil etadi.
1-sinfga qabul 20-iyundan boshlangan edi. Mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari joriy yil 31-iyulga qadar davom etadi.
Hududlar kesimida 1-sinfga qabul qilingan bolalar soni:
| Hudud | Qabul qilingan |
|---|---|
| Qoraqalpogiston Respublikasi | 32 093 |
| Andijon viloyati | 56 884 |
| Buxoro viloyati | 28 993 |
| Jizzax viloyati | 27 696 |
| Qashqadaryo viloyati | 70 135 |
| Navoiy viloyati | 14 190 |
| Namangan viloyati | 52 022 |
| Samarqand viloyati | 72 697 |
| Surxondaryo viloyati | 54 686 |
| Sirdaryo viloyati | 12 442 |
| Toshkent viloyati | 46 849 |
| Fargona viloyati | 68 563 |
| Xorazm viloyati | 30 522 |
| Toshkent shahri | 32 293 |
Eng kop bola Samarqand viloyatida (72 697), eng kam Sirdaryo viloyatida (12 442) qabul qilingan.
Ta'limga oid eng muhim statistik malumotlarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.














