Davlat oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga qabul test sinovlarining ettinchi kuni — 20-iyul sanasida ham abituriyentlar imtihon topshirdi.
Kun davomida respublika bo'yicha jami 68 336 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi rejalangan bo'lsa, shulardan 61 ming nafardan ortiq abituriyent imtihonda qatnashdi. 5 nafar abituriyent esa tartib-qoidani buzgani uchun test jarayonidan chetlatildi.
Kechagi oltinchi kun bilan solishtirganda tartib buzganlar soni sezilarli kamaydi — kecha 13 nafar abituriyent chetlatilgan edi.
Rasmiylar abituriyentlarga eslatib o'tadi: ruxsatnomadagi manzil, sana va vaqt qat'iy hisoblanadi va o'zgartirilmaydi. Test sinovi topshiriladigan kuni belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli bilan yetib borish lozim.
Test sinovlari davom etmoqda. Barcha yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.