Qabul test sinovlarining beshinchi kuni, 18-iyul kuni respublika bo'yicha 63 ming nafardan ortiq abituriyent imtihon topshirdi. Shulardan 7 nafari tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi. Avvalgi kunlarda ham shunga o'xshash holatlar kuzatilgan — masalan, 17-iyul kuni 25 nafar abituriyent aynan shu sabab imtihondan chetlatilgandi.
Test sinovlari davom etar ekan, abituriyentlarga quyidagi muhim eslatmalarni berib o'tamiz:
- Ruxsatnoma qat'iy. Unda belgilangan manzil, sana va vaqt o'zgartirilmaydi;
- Bir yarim soat oldin. Imtihon kuni belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin yetib boring;
- Hujjat asli. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning (pasport yoki ID-karta) asl nusxasi bo'lishi shart.
Test sinovlari natijalari haqidagi eng so'nggi yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
18-iyul kuni bo'lib o'tgan test sinovlarida tartib-qoidani buzgan 7 nafar abituriyent jarayondan chetlatildi.
Yo'q, ruxsatnomada belgilangan manzil, sana va vaqt qat'iy hisoblanadi. Ularni o'zgartirish imkoniyati mavjud emas.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport yoki ID-karta) talab etiladi. Imtihon vaqtidan bir yarim soat oldin manzilda bo'lish shart.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.