233 mingdan ortiq abituriyent 56,7 ball to‘play olmadi

Minimal o‘tish balini to‘play olmagan abituriyentlar nechta? Yillar kesimida ulush qanday o‘zgargan va 56,7 ball nimani anglatadi — maqoladan bilib oling.

233 mingdan ortiq abituriyent 56,7 ball to‘play olmadi

2026-yilgi oliy ta’limga qabulda 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etdi. Bu 18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Ta’lim xabarlari.

Ulush qanchani tashkil etadi?

Minimal o‘tish balini to‘play olmagan 233 935 nafar abituriyentning jami imtihon topshirganlar orasidagi ulushi 37,54 foizni tashkil etdi. Vazirlik ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda doimiy kamayib bormoqda:

Reklama

O‘quv yili56,7 balldan past to‘plaganlar ulushi
2023/202446%
2024/202543%
2025/202641%
2026/202737,54%

56,7 ball nimani anglatadi?

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’limga qabulda to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali 56,7 ball, davlat granti bo‘yicha esa 68 ball etib belgilangan. Ya’ni 56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar kontrakt asosida ham talabalikka tavsiya etilmaydi.

Avvalroq 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar nima qilishi kerakligi haqida yozgan edik. InfoEdu.uz orqali ta’limga oid eng muhim yangiliklarni muntazam kuzatib boring.

2026-yilgi qabulda 233 935 nafar abituriyent 56,7 balldan past natija qayd etdi. Ularning ulushi 37,54 foizni tashkil etdi.
Ulush yildan yilga kamayib bormoqda: 2023/2024 — 46%, 2024/2025 — 43%, 2025/2026 — 41%, 2026/2027 — 37,54%.
2026/2027-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali 56,7 ball, davlat granti bo‘yicha 68 ball etib belgilangan.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar