DTM test imtihonlari: Fanlar va maksimal 189 ball taqsimoti

Abituriyentlar uchun DTM kirish imtihonlari: majburiy va mutaxassislik fanlari bo’yicha maksimal 189 ball taqsimoti va test tizimi haqida to’liq ma’lumot.

•Yangilandi: 08.04.2026•1 daqiqa mutolaa•4,870 marta ko'rildi
DTM test imtihonlari: Fanlar va maksimal 189 ball taqsimoti

Abituriyentlar uchun kirish imtihoni: fanlar va maksimal ballar taqsimoti

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida abituriyentlar jami 189 ball to‘plashlari mumkin. Ushbu ballar majburiy fanlar va tanlangan yo‘nalish fanlari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi:

📚 Majburiy fanlar (barcha abituriyentlar uchun)

Majburiy fanlar bloki barcha abituriyentlar uchun bir xil bo‘lib, 3 ta fanni o‘z ichiga oladi:

  • Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol
  • Matematika – 10 ta savol
  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol

✅ Jami: 30 ta savol × 1.1 ball = 33 ball

🎯 Yo‘nalish fanlari (ixtisoslik fanlari)

Abituriyentlar o‘z tanlagan yo‘nalishiga mos ravishda 2 ta fandan test topshiradilar. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish orqali o'zingizga kerakli fanlarni aniqlab olishingiz mumkin:

  • 1-fan: 30 ta savol × 3.1 ball = 93 ball
  • 2-fan: 30 ta savol × 2.1 ball = 63 ball

✅ Jami: 60 ta savol = 156 ball

📊 Umumiy ballar taqsimoti

  • Majburiy fanlar: 33 ball
  • Yo‘nalish fanlari: 156 ball
  • 💥 Jami maksimal ball: 189 ball

Xulosa va tavsiyalar

Kirish imtihonida yuqori natijaga erishish uchun barcha fanlarga kompleks yondashish muhim. Ayniqsa, mutaxassislik fanlari katta ballga ega ekanligini inobatga olib, DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimingizni muntazam tekshirib borish tavsiya etiladi. Tayyorgarlik jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar