AQSh ta'lim tizimi haqidagi 6 ta noto'g'ri mif
AQShda ta'lim olish ko'plab abituriyentlarning orzusi. Biroq, bu tizim haqida noto'g'ri tushunchalar juda ko'p. Keling, ularni birma-bir tahlil qilamiz.
1. Kollej va universitet o'rtasidagi farq
Amerikada «kollej» va «universitet» tushunchalari o'rtasida katta farq yo'q. Ular ko'pincha bir-birini almashtirib ishlatiladigan ta'lim muassasalaridir.
2. Global reyting har doim ham muhim emas
Barcha kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinishi kerak. Umumiy reytingdan ko'ra, siz tanlagan mutaxassislik qaysi universitetda kuchliroq ekanligiga e'tibor qaratgan ma'qul.
3. AQSh ta'limining nufuzi
Bugungi kunda dunyodagi eng yaxshi 10 ta universitetning 7 tasi aynan AQShda joylashgan. Xalqaro talabalar uchun biznes, IT va MBA yo'nalishlari bo'yicha Amerika eng yaxshi tanlov hisoblanadi.
4. Nufuzli universitetlarga kirish imkoniyatlari
Garvard yoki Stenfordga kirish faqatgina imtihon ballari bilan belgilanmaydi. Qabul komissiyasi sizning ijtimoiy faolligingiz, sport yutuqlaringiz va ko'ngillilik loyihalaridagi ishtirokingizga katta ahamiyat beradi.
5. Fundamental ta'lim tizimi
Amerika universitetlarida dastlabki ikki yil davomida talabalar umumiy fanlar (tarix, falsafa, sotsiologiya)ni o'rganishadi. Bu esa abituriyentlar uchun kelajakda har tomonlama rivojlangan mutaxassis bo'lish imkonini beradi.
6. Hujjat topshirish muddatlari
Hujjat topshirish muddatlari dasturga qarab farqlanadi. Bakalavriat uchun ko'pincha 1-yanvargacha, magistratura uchun esa aprel oyi oxirigacha muddat belgilanadi. Rejalashtirishni kamida bir yil oldin boshlash tavsiya etiladi.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.