2025-yilda pedagoglar malaka oshirish tizimi qanday bo’ladi?

2025-yil 1-yanvardan pedagoglar uchun malaka oshirish tizimida yangi tartib joriy etilmoqda. Yangi reja, kurslar va muddatlar haqida batafsil ma’lumot oling.

18
2025-yilda pedagoglar malaka oshirish tizimi qanday bo’ladi?

2025-yildan malaka oshirish tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar

Oliy ta’lim va maktab tizimidagi muhim yangilik: 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlar uchun malaka oshirish jarayoni yangi bosqichga o‘tadi. Ushbu o‘zgarishlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va tizimni tartibga solishga qaratilgan.

Malaka oshirishning asosiy yangiliklari

  • Kurs davomiyligi: Malaka oshirish kurslari endilikda 1 oylik muddatda tashkil etiladi.
  • Qayta o‘tish davri: Pedagoglar 5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida qatnashishlari belgilab qo‘yildi.

Pedagoglar o‘z malakalarini oshirishda pedagog attestatsiya jarayonlari bilan hamohang tarzda harakat qilishlari muhim ahamiyatga ega.

Malaka oshirish rejasi va taqvim

2024-yilda onlayn malaka oshirgan pedagoglar uchun:

  • O‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar (stajyor o‘qituvchilar), shuningdek, amal qilish muddati 1 yil qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2025-yilga rejalashtiriladi.
  • Ikkinchi toifali o‘qituvchilar va qolgan birinchi va oliy toifali pedagoglar 2026-yilga rejalashtiriladi.

2024-yilda oflayn malaka oshirgan pedagoglar uchun:

  • Stajyor o‘qituvchilar 2027-yilga rejalashtiriladi.
  • Ikkinchi va birinchi toifali o‘qituvchilar 2028-yilga rejalashtiriladi.
  • Oliy toifali o‘qituvchilar va toifasini umrbod saqlab qolganlar 2029-yilga rejalashtiriladi.

Ta'lim sifatini oshirishda maktab darsliklarini yuklab olish va ulardan foydalanish ham malaka oshirish jarayonida muhim o‘rin tutadi.

Tizimning asosiy maqsadlari

  • Pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida yangilab borish.
  • Malaka oshirish jarayonini to‘liq raqamlashtirish va samaradorligini oshirish.
  • O‘qituvchilarning toifalari va lavozimlariga mos malaka talablarini muntazam yangilash.

2025-yildan boshlab malaka oshirish tizimi yanada tartibli va shaffof bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar sizga qanday ta’sir qildi? Fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar