2025-yilda chet tili 1-fan: Test emas, sertifikat shart!

2025/2026-o‘quv yilidan chet tili 1-blok bo‘lgan yo‘nalishlarda test o‘rniga milliy yoki xalqaro sertifikat majburiy bo‘ladi. Batafsil ma’lumotlar bilan tanishing.

5
2025-yilda chet tili 1-fan: Test emas, sertifikat shart!

2025-yildan chet tili 1-fan uchun sertifikat majburiy bo‘ladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida muhim yangilikni e'lon qildi. Endilikda fanlar majmuasida chet tili 1-fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarda test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Asosiy o‘zgarishlar va talablar

Endilikda abituriyentlardan test o‘rniga tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro til bilish sertifikati talab etiladi. Bu tartib barcha bakalavriat yo‘nalishlariga tatbiq qilinadi. Sertifikatsiz abituriyentlar mazkur yo‘nalishlarga hujjat topshira olmaydi.

Sertifikat olishga tayyorgarlik ko‘rish uchun milliy sertifikat sanalari bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Nima uchun bu o‘zgarish kiritildi?

  • Til bilish darajasini adolatli baholash;
  • Abituriyentlar uchun test yuklamasini kamaytirish;
  • Ta'lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish.

O‘zingiz tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha kirish ballari va yo‘nalishlar haqida to‘liq ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar