Talaba-pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ozodmi? (2024)

2024-yilda ishlayotgan talaba-pedagoglarning kasbiy sertifikatlash va attestatsiya sinovlaridagi ishtiroki hamda yangi talablar haqida to’liq ma’lumot.

5
Talaba-pedagoglar kasbiy sertifikatlashdan ozodmi? (2024)

Talaba-pedagoglar uchun sertifikatlash tartibi qanday?

Ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklarga ko'ra, ham o‘qib (kunduzgi, kechki, sirtqi), ham ishlayotgan talaba-pedagoglar kasbiy sertifikatlash va toifa sinovlariga jalb qilinmaydi. Bu o‘z o‘qishini davom ettirayotgan yosh kadrlar uchun muhim yengillik hisoblanadi.

Kasbiy sertifikat va attestatsiya talablari

Pedagoglar faoliyatini tartibga soluvchi yangi qoidalarga ko'ra quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

  • Kasbiy sertifikat: Diplom olgandan so‘ng kamida bir o‘quv yili davomida stajyor o‘qituvchi sifatida ishlash talab etiladi.
  • Toifa testlari: Oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni olgandan keyin uch yilgacha majburiy pedagog attestatsiya jarayonlaridan ozod qilinadi.

Shuni ta'kidlash joizki, o‘qituvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra navbatdan tashqari test sinovlarida ishtirok etish huquqiga egalar. Agar siz pedagogika sohasidagi o'zgarishlar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib bormoqchi bo'lsangiz, infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar