Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi.
Aprel oyidagi attestatsiya jadvali
| Sana | Davomiyligi | Fanlar |
|---|---|---|
| 7-aprel | 1 kun | Kimyo |
| 8-aprel | 1 kun | Biologiya |
| 9–10-aprel | 2 kun | Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Musiqa madaniyati |
| 11-aprel | 1 kun | Jismoniy tarbiya (Umumta'lim) |
| 13-aprel | 1 kun | Informatika va axborot texnologiyalari |
| 14–18-aprel | 5 kun | Boshlang‘ich ta’lim |
| 20–21-aprel | 2 kun | Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar), O‘zbek tili (Davlat tili) |
| 22-aprel | 1 kun | Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Tojik, Turkman, Qozoq, Qirg‘iz tili va adabiyoti |
| 23–25-aprel | 3 kun | Ingliz, Fransuz, Koreys, Nemis, Xitoy, Yapon tillari |
| 27–28-aprel | 2 kun | Matematika |
| 29-aprel | 1 kun | Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Psixolog, Defektolog, Logoped |
| 30-aprel | 1 kun | Tasviriy san'at, Texnologiya, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik |
Alohida eslatma
29-aprel fanlari bo‘yicha:
- Toshkent viloyati pedagoglari uchun — 5-may
30-aprel fanlari bo‘yicha:
- Toshkent shahri pedagoglari uchun — 5-may
May oyidagi attestatsiya jadvali
| Sana | Davomiyligi | Fanlar |
|---|---|---|
| 1–2-may | 2 kun | Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi, MTT psixologi, Tarbiyachi-metodist, tillar, musiqa rahbari, defektolog, logoped |
| 4-may | 1 kun | Fizika, pedagogik mahorat sinovlari, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan pedagoglar |
| 5–6-may | 2 kun | Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti |
Muhim eslatma
Pedagoglar test sinovlariga quyidagilarni olib kelishlari shart:
- Fuqarolik pasporti
- ID-karta
Zarur hollarda attestatsiya sanalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bu haqda pedagoglarga qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.











Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.