Pedagoglar uchun muhim yangilik: Kasbiy sertifikatlashdan ozod etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi 87-sonli qarori asosida pedagog kadrlarni pedagog attestatsiya va kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilish tartibi belgilandi.
Kimlar kasbiy sertifikatlashdan vaqtincha ozod qilinadi?
Quyidagi toifadagi pedagoglar qonunchilikda belgilangan muddatlarda sertifikatlashdan ozod etiladilar:
- Homilador va yosh bolali ayollar: Homilador ayollar, tug‘ish ta’tilidagi ayollar (ta’til davrida va ishga chiqqandan keyin 1 yilgacha) hamda 3 yoshgacha bolasi bor pedagog ayollar.
- Uzoq muddatli davolanishda bo‘lganlar: 3 oydan ortiq davolanayotgan pedagoglar (davolanish davrida va ishga chiqqandan keyin 6 oy davomida).
- Malaka oshirish va o‘qishdagi pedagoglar: Respublika yoki xorijiy davlatlarga 3 oy va undan ko‘p muddatga o‘qishga, qayta tayyorlashga yuborilganlar (ishga chiqqandan so‘ng 6 oy davomida).
Ta'lim sohasidagi yangiliklar va milliy sertifikat sanalari bo'yicha ma'lumotlarni bizning sayt orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.