Milliy sertifikat imtihonlari 2024: Sanalar va ro’yxatdan o’tish

2024-yil oktabr-dekabr oylaridagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari, ro’yxatdan o’tish tartibi va fanlar bo’yicha muhim ma’lumotlar bilan tanishing.

6
Milliy sertifikat imtihonlari 2024: Sanalar va ro’yxatdan o’tish

2024-yil umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari

Abituriyentlar va o‘quvchilar uchun 2024-yil yakunigacha bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlari jadvali e’lon qilindi. O‘z bilimingizni rasmiy hujjat bilan tasdiqlash uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Ro‘yxatdan o‘tish va imtihon sanalari

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz portali orqali amalga oshiriladi. Imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatish oliygohlar kirish ballarini hisoblashda qo‘shimcha imtiyozlar berishi mumkin.

Imtihonlar jadvali

  • Oktabr oyi: Matematika, fizika, tarix, geografiya.
  • Noyabr oyi: Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot.
  • Noyabr-dekabr oylari: Matematika, fizika, tarix, geografiya.
  • Dekabr oyi: Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot.

Har bir sinov uchun to‘lov miqdori 506 250 so‘mni tashkil etadi. Boshqa muddatlar bilan tanishish uchun milliy sertifikat sanalari sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha o‘zgarishlar

Diqqat! Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda 2025-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur fanlar bo‘yicha aprobatsiya jarayoni 2024-yil sentabr-oktabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar