2023-2024-o‘quv yili kirish imtihonlari natijalari
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yakunlandi. Joriy yilda 193 421 nafar abituriyent talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.
Statistik ma’lumotlar va ta’lim shakllari
Talabalikka tavsiya etilganlarning 42 655 nafari davlat granti, 150 766 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritdi. Ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
- Kunduzgi ta’lim: 129 927 nafar;
- Sirtqi ta’lim: 49 852 nafar;
- Kechki ta’lim: 10 752 nafar;
- Masofaviy ta’lim: 2 890 nafar.
O‘rtacha o‘tish ballari
Tanlov natijalariga ko‘ra, davlat granti asosida o‘rtacha ball 119,3 ballni, to‘lov-kontrakt asosida esa 93,3 ballni tashkil etdi. O‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni kirish ballari yo'nalishlar kesimida ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Barcha oliygohlar kirish ballari va yangiliklar bilan tanishish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.