Prezident granti: 200 nafar iqtidorli yoshlar uchun imtiyoz

O‘zbekistonda 200 nafar eng yuqori ball to‘plagan yoshlar uchun Prezident granti joriy etildi. Grant olish shartlari va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot.

4
Prezident granti: 200 nafar iqtidorli yoshlar uchun imtiyoz

Prezident granti: Kimlar uchun mo‘ljallangan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun maxsus grant joriy etildi.

Prezident grantini olish shartlari

Grantga da’vogar bo‘lish uchun abituriyentlar davlat OTM bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ballarni qayd etishlari lozim. Bunda:

  • Kvotalar ta’lim sohalari bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
  • Imtiyozli ballar (qo‘shimcha ballar) grantga da’vogarlarni aniqlashda hisobga olinmaydi.
  • Grant sohiblari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Grantni saqlab qolish va talablar

Prezident granti sovrindorlari ikkinchi kursdan boshlab saralab olinadi. Grantni saqlab qolish uchun talabalar:

  • Barcha fanlarni faqat “a’lo” bahoga o‘zlashtirishi kerak.
  • Ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda faol bo‘lishi talab etiladi.

Agar o‘quv semestri yakunida baholar “a’lo” bo‘lmasa, grant to‘lovi vaqtincha to‘xtatiladi. Biroq, keyingi semestrda yana “a’lo” baholarga o‘qishni boshlagan talabalarga stipendiya qayta tayinlanadi. Talabalar uchun foydali maslahatlarni kuzatib boring.

Magistraturaga kirish imtiyozi

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos magistratura bosqichiga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar