2024-2025-o'quv yili uchun yangi tayanch o'quv reja tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv reja tasdiqlandi. Bu o'zgarishlar o'quv jarayonini yanada zamonaviylashtirishga qaratilgan.
Qaysi fanlar yangi joriy etiladi?
Yangi o'quv rejaga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:
- 2-sinf: “Informatika va axborot texnologiyalari” fani.
- 5-sinf: “Tabiiy fan (Science)” fani.
Ushbu fanlarni o'zlashtirishda o'quvchilarga maktab darsliklarini yuklab olish orqali qo'shimcha resurslar bilan tanishib borish tavsiya etiladi.
O'qituvchilar uchun muhim ma'lumotlar
Mazkur fanlardan dars beradigan “Biologiya” va “Geografiya” fani o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, pedagoglarning malakasini oshirish va ularning faoliyatini baholash uchun pedagog attestatsiya jarayonlari doimiy nazoratda bo'ladi.
94-сонли 2024-2025 таянч режа.pdf
Eslatib o'tamiz, Bosh vazir topshirig‘iga binoan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini boshlang‘ich sinflarda “Boshlang‘ich taʼlim” o‘qituvchilari, “Tabiiy fan (Science)”ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” o‘qituvchilari o‘tishlari belgilangan. Batafsil maʼlumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.